O‘zbekiston fuqarolari uchun BAAga kirishdagi vizasiz rejim o‘z kuchida – TIV
eʼlon qilindi
Vizasiz rejim bekor bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan edi

Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Axror Burxanov ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan «O‘zbekiston fuqarolarining BAAga kirishi taqiqlangani» haqidagi xabarlarni rad etdi.
Unda ta’kidlanishicha, bunday xabarlar asossiz va feyk bo‘lib, O‘zbekiston hamda Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasidagi vizasiz tartib o‘z kuchida qolmoqda.
Rasmiy manbalarda BAA tomonidan bunday cheklov choralarining joriy etilgani haqida hech qanday axborot berilmagan. Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarni faqat rasmiy va tasdiqlangan manbalarga ishonishga chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq holat yuzasidan O‘zbekiston diplomatlari Dubay jinoyat qidiruv boshqarmasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazgan edi.