Ayrim tur agentliklarining Umra tadbiri bo‘yicha e’lonlarda qonun buzgani aniqlandi

eʼlon qilindi
Litsenziyasiz reklama tarqatayotgan 12 dan ortiq axborot resursi aniqlandi
Foto: Pexels.com

Raqobat qo‘mitasi respublikadagi bir qator sayohat agentliklari tomonidan Umra tadbirini tashkil etish va o‘tkazishga oid reklamalarda qonunbuzilish holatlarini aniqladi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, Buxoro, Samarqand, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shaharida «Mirabelle Travel», «Ketdik Tour», «Ayattour» va «Tavakkalna Travel» MCHJlari tomonidan litsenziyasiz ravishda reklamalar tarqatilgani aniqlangan. Natijada bu holat qonun buzilishi hisoblanib, ularga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilgan va moliyaviy jarimalar qo‘llangan.

Shuningdek, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ham «Jat Travel» kompaniyasi Instagram sahifasida, «Farg‘ona Umra», «Saudiyaga Sayohat», «Aziz Turizm» va «Sardor Turizm» agentliklari Telegram kanallari adminlari ham reklama e’lonlarida qonunchilik talablari buzilganligi sababli ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Bundan tashqari, litsenziyasiz reklama tarqatayotgan 12 dan ortiq axborot resursi aniqlanib, ularning faoliyatini aniqlashtirish uchun Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markaziga ma’lumot taqdim etildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Raqobatni qo‘mitasi tomonidan 5,6 milliard so‘mlik noqonuniy davlat xaridlarining oldi olingani haqida yozgandi.

Shuningdek