
Ijtimoiy tarmoqlarda avtovozga ortilgan yangi Malibu-2 avtomobillari aks etgan video tarqaldi. UzAuto Motors rasmiy munosabat bildirdi.
Unga ko‘ra, video muallifi ushbu avtomobillar Qozog‘istonda qaytarilib, O‘zbekistonga yetkazib berilayotganini aytgan. Kompaniya ushbu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini tasdiqladi.

Shuningdek, tasvirlardagi Malibu-2 avtomobillar partiyasi Xitoydan Qozog‘iston hududi orqali belgilangan tartib-qoidalar asosida O‘zbekistonga olib kelinayotganini ma’lum qildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Chevrolet Malibu, Traverse, va Tahoe modellari uchun shartnomalar nega yopilganiga izoh berilgani haqida yozgandi.