O‘zbekiston va Rossiya mehnat migrantlarini himoya qilish masalasini muhokama qiladi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
O‘zbekiston delegatsiya Rossiyaga jo‘nab ketdi
migrant
O‘zbekiston va Rossiya mehnat migrantlarini himoya qilish masalasini muhokama qiladi / Foto: Pixabay

O‘zbekiston delegatsiya Rossiyaga mehnat migratsiyasi va migrantlarni himoya qilish masalalarini muhokama qilish uchun jo‘nab ketdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Delegatsiya tarkibida Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Migratsiya agentligi va boshqa idoralar vakillari bo‘lib, ular idoralararo ishchi guruhning birinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.

Joriy yilning aprel oyi boshiga kelib, Rossiyada 6,5 milliondan ortiq xorijiy fuqarolar bo‘lgani, ulardan taxminan o‘ndan bir qismi noqonuniy maqomda ekani ma’lum qilindi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2024-yilda Rossiyadan salkam 90 ming migrant chiqarib yuborilgani haqida yozgandi.

Shuningdek