O‘zbekistonda dollar kursi qanchaga tushdi

O‘zbekiston valyuta birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, 28-aprel kuni dollarning o‘rtacha kursi 12 948,10 so‘mni tashkil etib, oldingi kun bilan solishtirganda 9,04 so‘mga tushdi.
25-aprel kuni esa o‘rtacha kurs 12 957,14 so‘m bo‘lib, 29,97 so‘mga oshgan edi.
Dollar kursi o‘tgan haftani keskin pasayishdan so‘ng, ko‘tarilish bilan yakunlagandi: 24-aprelda 11,47 soʻmga oshib, 12 890,43 soʻmni tashkil etdi. 23-aprel kuni o‘rtacha kurs 12 890,43 so‘m bo‘lib, 11,47 so‘mga oshdi. 22-aprel kuni esa 12 878,96 so‘mga tushib, 30,68 so‘mga pasaydi. 21-aprel kuni esa 12 909,64 so‘mni tashkil etib, 28,56 so‘mga tushgan.
Shuningdek, Markaziy bank tomonidan boshqa valyutalar kurslari ham e’lon qilindi. Unga ko‘ra, yevro 6,38 soʻmga tushib, 14 696,09 soʻmga yetdi. Rossiya rubli esa 0,37 soʻmga yuqorilab 156,93 soʻmga teng boʻldi.
Mamlakatdagi tijorat banklari 25-aprel kuni bir AQSh dollarini 12 895 – 12 940 soʻmdan sotib olayotgan boʻlsa, 12 960 – 13 020 soʻm oraligʻida sotmoqda.
Kursiv Uzbekistan’ga sharh bergan tahlilchilarning fikricha, yil oxirigacha AQSh dollari 13 700 – 13 800 soʻmga yetishi mumkin.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda bir hafta davomida valyuta kurslari qanday oʻzgargani haqida yozgandi.