Nomoddiy madaniy meros xizmatlari tartibi belgilandi

eʼlon qilindi
Hukumatning 256-son qaroriga binoan
Nomoddiy madaniy meros xizmatlari tartibi belgilandi / Foto: Woscu

Hukumatning «Nomoddiy madaniy meros namunalarini ro‘yxatga kiritish yoki undan chiqarish bilan bog‘liq davlat xizmatlarini ko‘rsatish» ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, mazkur reglament orqali jismoniy va yuridik shaxslarga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali My.gov.uz hamda Davlat xizmatlari markazlari orqali nomoddiy madaniy meros namunalarini milliy va mahalliy ro‘yxatlarga kiritish yoki ulardan chiqarish, shuningdek, ular haqidagi ma’lumotlarni olish tartibi belgilandi.

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti ushbu sohada vakolatli organ hisoblanadi.

Nomoddiy madaniy meros namunalarini milliy ro‘yxatga kiritish yoki chiqarish masalasi ilmiy-metodik kengash, mahalliy ro‘yxat uchun esa ekspertlar guruhi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Bunda namunalarni ro‘yxatga kiritish yoki chiqarish haqidagi ma’lumotnoma beriladi. Davlat xizmati ko‘rsatish bepul amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonda davlat xizmatlarini takomillashtirish uchun 4,9 mln yevro ajratishi haqida yozgan edik.

Shuningdek