«Qamchiq» dovonida avtomobil xandaqqa tushib ketdi
eʼlon qilindi
Avtomobil zudlik bilan qutqaruvchilar tomonidan chiqarib olindi

29-aprel kuni «Qamchiq» dovonida «Vaz-2106» rusumli avtomobil boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi xandaqqa tushib ketdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, voqea haqida xabar kelib tushishi bilan FVVning «Qamchiq» maxsus qidiruv yong‘in-qutqaruv boshqarmasi xodimlari voqea joyiga yetib borib, maxsus texnika yordamida avtomobilni xavfsiz joyga chiqarib oldi. Hodisa natijasida hech kim tan jarohati olmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Izboskandagi gaz portlashi uch kishining hayotiga zomin bo‘lgan edi.