Irkutskda O‘zbekiston tovarlari uchun logistika markazlarini yaratish ustida ish olib borilmoqda

Irkutsk rahbariyati O‘zbekiston tomonidan yetkazib beriladigan mahsulotlar uchun savdo-logistika markazlarini yaratish loyihasini ishlab chiqmoqda. Bu haqda «TASS» nashri xabar bermoqda.
«Import nuqtai nazaridan oziq-ovqat mahsulotlari, iste’mol tovarlari va to‘qimachilik mahsulotlari Irkutsk aholisi orasida talabga ega. Shuning uchun biz Irkutskda savdo va logistika markazlarini yaratish masalasi ustida ishlayapmiz», – dedi Irkutsk viloyati iqtisodiy rivojlanish va sanoat vaziri o‘rinbosari Marina Petrova.
Bunday markazlarni ochish tashabbusi o‘zbekistonlik tadbirkorlar tomonidan ham qo‘llab-quvvatlanayotgani qo‘shimcha qilindi.
Mamlakatda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish o‘sib bormoqda va Toshkent ularni Irkutskka eksport qilishdan manfaatdorligi ta’kidlangan.
2025-yil aprel oyi holatiga ko‘ra, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi $2,8 mlrddan oshdi. O‘zbekiston Rossiya Federatsiyasiga $885,8 mlnlik mahsulot yetkazib berdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Rossiyaning «Transport budushyego« kompaniyasi tomonidan O‘zbekistonda fuqarolik dronlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yilishi haqida yozgan edi.