Yangilangan Hyundai Kona avtomobili taqdim etildi

30-aprel 2025 15:02 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir
Hyundai
Hyundai Kona H-Pick avtomobilining yangilangan versiyasi / Foto: Hyundai

Hyundai kompaniyasi tomonidan Kona H-Pick krossoverining tejamkor versiyasini taqdim etdi. Bu haqda 32cars nashri xabar bermoqda.

Asosiy yangilik kengaytirilgan standart variantlar to‘plamiga ega Modern Plus’ga asoslangan yangi H-Pick variantidir. U yon va orqa to‘qnashuvning oldini olish bo‘yicha yordamchi va ogohlantirish tizimi bilan jihozlangan.

Premium versiyada orqa qopqoq, simsiz smartfon zaryadlash, raqamli kalit, yangilangan bezak va qo‘shimcha yoritish mavjud.

Eng qimmat versiya yangilangan ichki materiallar bilan jihozlangan. Opsion paketlar ro‘yxati ham kengaytirilgan. 2025-yilgi Kona narxi  $33 mingdan boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Hyundai Trans Kazakhstan (HTK) Sonata, Elantra, Tucson, Santa Fe, Palisade modellarida Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan batareyalardan foydalangani haqida yozgan edi.

Shuningdek