O‘zbekiston tashabbusi bilan Xalqaro zilzila qurbonlarini xotirlash kuni ta’sis etildi

eʼlon qilindi
Toshkent zilzilasining 60 yilligi munosabati bilan
O‘zbekiston tashabbusi bilan Xalqaro zilzila qurbonlarini xotirlash kuni ta’sis etildi / Fadel Senna/AFP/Getty Images

BMT Bosh Assambleyasi O‘zbekiston tashabbusi bilan 29-aprelni Xalqaro zilzila qurbonlarini xotirlash kuni deb e’lon qilish to‘g‘risida rezolyutsiyani bir ovozdan qabul qildi. Mazkur hujjatga 80 dan ortiq davlat hammualliflik qilgan, deya ma’lum qildi O‘zR Tashqi ishlar vazirligi

Unga ko‘ra, mazkur tashabbus O‘zbekiston prezidentining xalqaro birdamlik va zilzila qurbonlariga hurmat ko‘rsatish g‘oyasiga asoslangan bo‘lib, ilk bor 2026-yil 29-aprel kuni, Toshkent zilzilasining 60 yilligi munosabati bilan nishonlanadi.

Rezolyutsiya BMT a’zolari va tashkilotlarini aholini xabardor qilish, tayyorgarlik va chidamlilikni kuchaytirish bo‘yicha sa’y-harakatlarga chaqiradi. Ushbu qaror O‘zbekistonning xalqaro nufuzini mustahkamlashda muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMT O‘zbekiston tashabbusi bilan O‘rmonzorlash va O‘rmon tiklash dekadasi rezolyutsiyasini qabul qilgan edi.

Shuningdek