1-may kuni O‘zbekiston bo‘ylab qanday ob-havo kuzatiladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Sel-suv toshqin hodisalari ehtimoli bor
1-May O‘zbekiston bo‘ylab qanday ob-havo kuzartiladi / Foto: Pexels.com

1-may kuni O‘zbekistonning bo‘ylab havo biroz bulutli bo‘ladi. Yog‘ingarchilik asosan tog‘oldi va tog‘li hududlar hamda Farg‘ona vodiysining ayrim qismlarida kuzatiladi, deya yozmoqda «O‘zgidromet».

Toshkent shahri va unga tutash viloyatlarda – Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand – havo ochiq, kunduzi harorat 28-33 darajagacha ko‘tariladi. Qashqadaryo va Surxondaryoda esa iliqlik 35 darajagacha yetadi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda tong salqin, 8-13°, kunduzi esa mo‘tadil 21-26° issiqlik bo‘ladi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida shabada bilan birga 28° atrofidagi harorat bahavo sayrlar uchun ayni muddao.

Farg‘ona vodiysi – Andijon, Namangan, Farg‘onada kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Bu hududlarda havo harorati 28-33° oralig‘ida bo‘ladi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda esa vaqti-vaqti bilan kuchli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi, sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Bu yerda harorat kunduzi 18-23°, kechasi esa 8-13° atrofida bo‘ladi.

Shuningdek