O‘zbekiston Tolibonga dori-darmon ishlab chiqarishda yordam beradi

O‘zbekiston va Afg‘oniston dori-darmon ishlab chiqarish hamda ularni import qilishni boshqarish bo‘yicha kelishuv imzoladi, deb xabar bermoqda Tolo News Afg‘oniston Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Nura Jalol Jaloliyga tayanib.
Shunga o‘xshash hujjatni Afg‘oniston rasmiylari Eron bilan ham imzolagan. Hindiston, Turkiya va Pokiston bilan farmatsevtika sohasida bitimlar tuzish rejalashtirilgan.
Jaloliyning qo‘shimcha qilishicha, uning idorasi 103 ta farmatsevtika korxonasiga Afg‘onistonda ishlash uchun ruxsatnoma bergan.
2025-yilning birinchi choragida O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi yillik 68,6 foiz o‘sish bilan $402,8 mlnga yetdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Alohida dori vositalari klinik tadqiqotsiz ro‘yxatga olinishi haqida xabar bergan edi.