IMD biznes maktabi TBC Bank Group’ni tahlil qildi

eʼlon qilindi
Tadqiqot “TBC Group: Future-Proofing a History of Success” nomi ostida chop etildi
Foto: TBC

Shveytsariyaning nufuzli IMD biznes maktabi TBC Bank Group’ning mahalliy bankdan mintaqaviy yetakchi moliyaviy xizmatlar provayderiga aylanish jarayonini tahlil qilgan tadqiqot e’lon qildi. Bu haqda TBC Kursiv Uzbekistan’ga ma’lum qildi.

Tadqiqot «TBC Group: Future-Proofing a History of Success» nomi ostida chop etilib, kompaniyaning Gruziya va O‘zbekistonda raqamli bank ekotizimini muvaffaqiyatli rivojlantirish yo‘lini o‘rganadi. Unda TBC Bank Group’ning O‘zbekiston bozorida qisqa muddatda ishonchli pozitsiya egallab, 18,4 mln foydalanuvchiga yetgani va bankning 2024-yilgi sof foydasi $41 mlnni tashkil qilgani qayd etiladi.

Tadqiqot kompaniyaning xalqaro kengayish strategiyasi va IMD uni rivojlanayotgan bozorlarda texnologiyaga asoslangan moliyaviy xizmatlar uchun o‘quv materiali sifatida qo‘llashini ham ta’kidlaydi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan TBC Uzbekistan kichik va o‘rta biznes uchun onlayn kreditlashni yo‘lga qo‘ygani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek