Moliyaviy xavflarni aniqlash va boshqarish tartibi belgilandi

«Moliyaviy va boshqa xavflarni aniqlash, baholash va boshqarish tartibi to‘g‘risida«gi nizom tasdiqlandi. Ushbu hujjat vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari kabi davlat organlarida moliyaviy va boshqa turdagi xavflarni tizimli boshqarish jarayonlarini belgilashga qaratilgan.
Nizomga muvofiq, har bir organ faoliyatida yuzaga keladigan xavflarni aniqlash va baholash bo‘yicha alohida Xavflarni boshqarish qo‘mitasi tashkil etiladi. Ushbu qo‘mita xavflarni aniqlash, ularning ehtimolini va ta’sirini baholash, shuningdek, umumiy xavf darajasini hisoblash uchun javobgar bo‘ladi.
Xavflarni baholash quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: avval xavfning ta’siri va ehtimoli aniqlanadi, so‘ngra ularning ko‘paytmasi orqali umumiy xavf darajasi hisoblanadi. Xavf ta’sirini aniqlashda nazorat tizimining mavjudligi, funksiyalarni avtomatlashtirish darajasi va normativ-huquqiy hujjatlardagi bo‘shliqlar asosiy mezon sifatida baholanadi. Bu jarayon har bir mezonga 1 dan 3 ballgacha baho berish orqali amalga oshiriladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan davlat mulki ijarasida oldindan to‘lov qilganlarga chegirma berilishi haqida yozgan edi.