Eldor Shomurodov aprel oyida «Roma» jamoasining eng yaxshi futbolchisi deb topildi

eʼlon qilindi
Futbolchi 66% ovoz to‘pladi
Eldor Shomurodov aprel oyida «Roma» jamoasining eng yaxshi futbolchisi deb topildi / Foto: «Roma» futbol klubi rasmiy sahifasidan

O‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov 2025-yil aprel oyida «Roma» jamoasining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Klubning rasmiy saytida o‘tkazilgan muxlislar ovoz berishida u 66% ovoz to‘pladi va Matias Sulele (23%) hamda darvozabon Mile Svilarni (8%) ortda qoldirdi.

Aprel oyida Shomurodov A Seriyada to‘rt o‘yinda maydonga tushib, ikki gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. U «Yuventus» va «Verona»ga qarshi o‘yinlarda gol urdi, «Inter»ga qarshi bahsda esa assist qayd etdi.

Bu Shomurodov uchun ushbu mavsumdagi ikkinchi shunday e’tirof bo‘ldi — u fevral oyida ham oyning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.

Aprel yakunlariga ko‘ra, «Roma» A Seriya turnir jadvalida 60 ochko bilan oltinchi o‘rinni egallab, Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shomurodov «Roma» bilan shartnomasini 2027-yilning yozigacha uzaytirgan edi.

Shuningdek