O‘zbekistonda elektromobillar uchun quvvatlantirish stansiyalari ko‘paymoqda

eʼlon qilindi
2025-yil 1-may holatiga ko‘ra
O‘zbekistonda elektromobillar uchun quvvatlantirish stansiyalari ko‘paymoqda / Foto: Facebook

O‘zbekistonda elektromobillarni quvvatlantirish infratuzilmasi 1399 ta quvvatlantirish stansiyasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, mazkur stansiyalar 92 ming nafar foydalanuvchiga xizmat ko‘rsatmoqda.

Hududlar kesimida eng ko‘p stansiyalar Toshkent shahrida joylashgan bo‘lib, bu yerda 820 ta quvvatlantirish nuqtasi mavjud. Undan keyin Toshkent viloyati (154 ta), Samarqand (67 ta), Namangan (70 ta) va Jizzax (50 ta) viloyatlari yetakchi o‘rinda turadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va boshqa viloyatlarda ham quvvatlantirish punktlari faol ishlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 1-maydan elektromobillar utilizatsiyasi yig‘imi 4 baravarga oshgani haqida yozgan edik.

Shuningdek