Epic Games’ning Apple ustidan g‘alabasi monopoliyadan qutulish uchun muhim qadamdir – Durov

eʼlon qilindi
Endi dasturchilar o‘z ilovalarida foydalanuvchilarni veb-saytlariga yo‘naltiruvchi havola joylashtirishlari mumkin
Epic Games’ning Apple ustidan g‘alababasi monopoliyadan qutulish uchun muhim qadamdir / Foto: Midjourney

Pavel Durov AQSh sudida Epic Games kompaniyasining Apple ustidan qozongan g‘alabasiga o‘z X sahifasida izoh berdi.

Sud qaroriga ko‘ra, AQSHdagi App Store’da endi do‘kon tashqarisida amalga oshirilgan tranzaksiyalar uchun komissiya undirilmaydi.

«Ajoyib kurash, Tim Suini va Epic Games hamda epik g‘alaba. Sizlar tufayli AQSh endi Apple’ning 17 yil davomida innovatsiyalarni bo‘g‘ib kelgan 30 foizlik bosimidan ozod bo‘ldi. Endi esa qolgan dunyoni ozod qilishga yordam beraylik. Sizlarda mening qo‘llab-quvvatlovim bor va Telegram’ning 1 mlrd foydalanuvchisining yordami ham», – deydi Durov.

Endi dasturchilar o‘z ilovalarida foydalanuvchilarni veb-saytlariga yo‘naltiruvchi kontent xarid qilish havolalarini joylashtirishlari mumkin. Apple bu havolalarga o‘tishni taqiqlay olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Durov Telegram 12 yil davomida hech qachon shaxsiy xabarlarni oshkor qilmagani haqida aytgan edi.

Shuningdek