Samsung Galaxy S26 Yevropada faqat Exynos 2600 protsessori bilan taqdim etilishi mumkin

5-may 2025 10:35 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Galaxy S26
Samsung Galaxy S26 Yevropada faqat Exynos 2600 protsessori bilan taqdim etilishi mumkin / Foto: Sammobile

Samsung kompaniyasi kelgusi Galaxy S26 smartfonlar seriyasida Exynos 2600 chipini faqat Yevropa bozorida ishlatishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu haqda Sammobile nashri ma’lum qildi.

Shu bilan birga, boshqa mintaqalarda Snapdragon 8 Elite 2 protsessoridan foydalanilishi kutilmoqda. Bu qaror Galaxy S25 seriyasida faqat Snapdragon protsessoridan foydalanilgandan so‘ng Exynos platformasiga qisman qaytish sifatida baholanmoqda.

Yangi Exynos 2600 chipi 2nm texnologiyasida ishlab chiqarilgan bo‘lib, sinov natijalari oldingi avlodga nisbatan sezilarli yaxshilanishni ko‘rsatgan. Shunga qaramay Smartfon Ultra modeli barcha bozorlarda Snapdragon bilan jihozlanishi kutilmoqda.

Samsungning bunday strategiyasi xarajatlarni kamaytirish va o‘z ishlab chiqarish imkoniyatlaridan foydalanishga intilish sifatida tushuntirilmoqda. Biroq avvalgi Exynos chiplarining kamchiliklari tufayli Yevropa foydalanuvchilari bu qarordan norozi bo‘lishi mumkin.

Galaxy S26 seriyasi 2026-yil yanvar oyida taqdim etilishi rejalashtirilgan va bu vaqtga qadar qo‘shimcha tafsilotlar ma’lum bo‘lishi kutilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samsung S25 Edge o‘zi qanday smartfonligi haqida yozgan edi.

Shuningdek