Tramp xorijiy filmlarga 100 foizlik boj joriy qilishni rejalashtirmoqda

4-may kuni Donald Tramp ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Amerika kino sanoatini «qutqarish» maqsadida xorijiy filmlarga 100 foizlik boj tariflari joriy qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Bloomberg nashri xabar qildi.
Tramp AQSh kino sanoatini «juda tez nobud bo‘layotgan» deb atab, boshqa davlatlar studiyalari va iste’dodlarni o‘ziga tortayotganini ta’kidladi.

Prezident buni milliy xavfsizlikka tahdid deb baholab, AQSh Savdo vazirligi va Savdo vakiliga xorijiy filmlarga 100% boj tariflarini joriy qilishni topshirdi.
Mutaxassislar fikricha, AQShning global kinobozoridagi ulushi biroz pasaygan bo‘lsa-da, u hali ham yetakchi o‘rinni saqlab qolmoqda. Biroq Trampning ilgari joriy qilgan boj siyosati tufayli Xitoy AQSh filmlariga bo‘lgan kvotani kamaytirgan.
«AQShning noto‘g‘ri boj siyosati bizning ichki auditoriyamizning Amerika filmlariga qiziqishini kamaytiradi», – deyiladi Xitoy kinokorporatsiyasi bayonotida.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan AQSh Xitoy mahsulotlariga bojlarni kamaytirishi mumkinligi haqida yozgandi.