Energetika vazirligi Boysundagi konda yuz bergan yong‘in yuzasidan munosabat bildirdi

eʼlon qilindi
Gaz oqimi tarqalishini oldini olish maqsadida jarayon nazorat ostida amalga oshirilgan
Boyundagi gaz koni
Energetika vazirligi Boysundagi konda yuz bergan yong‘in yuzasidan munosabat bildirdi / Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Bugun, 5-may kuni ertalab soat 6:10 da «Mustaqillik-25» konidagi 202-quduqda tarkibida vodorod sulfidi yuqori bo‘lgan gaz katta bosim bilan otilib chiqib, fontanlanish holatini yuzaga keltirdi. Bu haqda dastlab ijtimoiy tarmoqlarda videolar tarqaldi. Energetika vazirligi holatga rasmiy munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, gaz oqimi tarqalishini oldini olish maqsadida jarayon nazorat ostida amalga oshirilgan. Hozirda barcha xavfsizlik choralariga qat’iy rioya qilinmoqda. Hodisa yuz bergan hudud tegishli xizmatlar tomonidan to‘sib qo‘yilgan.

«Yuzaga kelgan holat yaqin atrofdagi aholi punktlariga xavf tug‘dirmaydi», – deyiladi agentlik xabarida.

Avvalroq 27-mart kuni «M-25» gaz konidagi 202-sonli quduqdan vodorod sulfidining nazorat ostidagi otilishi natijasida yong‘in sodir bo‘lgandi. Vazirlik bu bo‘yicha izohida tabiatga zarar yetkazmaslik va havo ifloslanishining oldini olish maqsadida quduq yoqib qo‘yilgani haqida yozgandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentdagi yong‘in oqibatida ikki kishi halok bo‘lgani haqida yozgandi.

Shuningdek