My Freighter aviakompaniyasi yangi yuk samolyotini qabul qildi

eʼlon qilindi
Uilmington (AQSH) – Ostrava (Chexiya) – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qiluvchi
My Freighter aviakompaniyasi
My Freighter aviakompaniyasi yangi yuk samolyotini qabul qildi / Foto: My Freighter aviakompaniyasi

3-may kuni O‘zbekistonning yirik yuk tashuvchi My Freighter aviakompaniyasi Boeing 767-300F rusumidagi sakkizinchi yuk samolyotini qabul qildi. Bu haqda kompaniya Kursiv nashriga xabar berdi.

Toshkent xalqaro aeroportida qabul qilingan mazkur havo kemasi 67020 bort raqamiga ega bo‘lib, Uilmington (AQSH) – Ostrava (Chexiya) – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvoz amalga oshirildi.

Yangi havo kemasi bilan aviakompaniya parkidagi Boeing 767 samolyotlari soni yettitaga yetdi. Shuningdek, flot tarkibida bitta Boeing 757-200F ham mavjud.

«My Freighter flotini kengaytirish – xalqaro yuk tashish bozoridagi oʻrnimizni mustahkamlashga qaratilgan uzoq muddatli strategiyaning bir qismidir. Butun dunyo bo‘ylab maksimal moslashuvchanlik va tez yetkazib berishni ta’minlashga intilmoqdamiz. Keng fyuzelyajli samolyotlar sonining ortishi esa bu boradagi muhim qadamlardan biridir», – deyiladi aviakompaniya xabarida.

Shuningdek, 2024-yilning dekabr oyida My Freighter aviakompaniyasi Vengriya va Saudiya Arabistonida parvoz qilish sertifikatlarini olishni rejalashtirayotgandi. Bu haqda kompaniya bosh direktori Abdulaziz Abdurahmonov Markaziy Osiyo yuk tashish aviatsiya sammitida ma’lum qilgandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Sariosiyo aeroporti rekonstruksiyadan so‘ng ilk texnik reysni qabul qilgani haqida yozgandi.

Shuningdek