«Kvarts» aksiyalari 7,4 foizga oshdi, UCI indeksi esa 2 foizga koʻtarildi

eʼlon qilindi
Aksiyalarining eng katta qadrsizlanishi «Kapital Sug‘urta» hissasiga to‘g‘ri keldi
Fond bozori
O’tgan haftada «Kapital sug’urta» aksiyalari keskin pasaydi / Foto: Unsplash

«Toshkent» respublika fond birjasida (RFB) joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 25-apreldan 2-maygacha boʻlgan davrda turli dinamikani koʻrsatib, UCI fond indeksi 2 foizga oshdi.

Eng katta o‘sishni «Kvarts» aksiyalari qayd etdi (+7,39%). Shuningdek, «Olmaliq KMK» (+4,39%) va «Aloqabank» imtiyozli aksiyalari (+3,85%) ham yetakchi o‘suvchilar safidan joy oldi.

Jadval: Kursiv Uzbekistan

Aksiyalarining eng katta qadrsizlanishi «Kapital Sug’urta» (-50%) hissasiga to‘g‘ri keldi. Shuningdek, «Qizilqumsement» (-2,28%) va «Aloqabank» oddiy aksiyalari (-2,22%) sezilarli pasayishni ko‘rsatdi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 2025-yilning birinchi choragida «Toshkent» respublika fond birjasining sof foydasi 4,6 milliard so‘mga yetgani haqida yozgan edi.

Shuningdek