Telefon qizib ketmasligi uchun nimalarga ahamiyat berish kerak

5-may 2025 16:39 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir
Smartfon
Telefon qizib ketmasligi uchun nimalarga ahamiyat berish kerak / Foto: Unsplash

Smartfonning qizib ketishi uning texnik imkoniyatlariga bog‘liq bo‘lsa-da, sizning foydalanishdagi diqqatingiz ham qurilmaga ta’sir o‘tkazadi. Kursiv Uzbekistan nashrining navbatdagi maqolasida telefonlarni qizib ketishining oldini olishga doir tavsiyalarni bitta maqolaga joyladi.

Keraksiz ilovalarni yoping

Foto: Unsplash

Fon rejimida ishlayotgan ilovalar protsessorni charchatadi. Bu ortiqcha kuchlanish va qizib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shuningdek, har doim ishlatilmayotgan ilovalarni yopib turing. Ilovalar, o‘yinlarda foydalanayotganda internet yoniq bo‘lishi qurilmangizni qizishi, energiya is’temolini oshirishi mumkin.

To‘g‘ridan to‘g‘ri quyosh nuridan saqlang

Quyosh ostida uzoq turish telefonni tezda qizdiradi. Soyada yoki salqin joyda ishlating. Quvvatlash uchun qo‘yganingizda quyosh nuri yoki ortiqcha issiqlik tushmasligiga e’tibor qarating. Qurilma qizib ketayotganda iloji boricha salqin joyda foydalaning.

Quvvat olayotganda ishlatmaslikka harakat qiling

Foto: Unsplash

Telefonni zaryad olayotganda video ko‘rish yoki o‘yin o‘ynash qizishni kuchaytiradi. Imkon bo‘lsa, zaryad olayotganda ishlatmang.

Qalin g‘iloflardan foydalanmang

Ba’zi qoplamalar issiqlikni ushlab qoladi. Havoni yaxshi o‘tkazadigan yengil g‘ilof ishlating.

Yorqinlik va ishlash rejimini nazorat qiling

Ekran yorqinligini pasaytiring. «Battery Saver» yoki «Power Saving Mode» rejimini yoqing.

Og‘ir o‘yin va ilovalardan uzoqroq turing

Smartfonning qizib ketishi nima sababdan sodir bo‘ladi / Foto: Getty images

Juda ko‘p grafik kuch talab qiladigan o‘yinlar qizishga sabab bo‘ladi. Ularni uzoq vaqt davomida ishlatmaslikka harakat qiling.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 200 dollarga qanday smartfon sotib olish mumkinligi haqida maqola e’lon qilgan edi.

Shuningdek