Humo’ning sobiq rahbari TBC raisi maslahatchisi bo‘ldi

eʼlon qilindi
Yangi maslahatchisi Shuhratbek Qurbonov
Chap tarafda TBC rahbari Spartak Tetrashvili, o‘ng tomonda uning yangi maslahatchisi Shuhrat Qurbonov / Foto: Shuhrat Qurbonov Linkedin sahifasi

Milliy banklararo protsessing markazining (Humo) sobiq rahbari Shuhratbek Qurbonov TBC Boshqaruv raisi maslahatchisi lavozimida ish boshladi. Bu haqda o‘zining Linkedin’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Qurbonov shu yilning 6-mart kuni o‘z arizasiga asosan egallab turgan lavozimidan ozod etilgandi. U Humo’ga 2018-yilning dekabr oyida asos solinganidan buyon rahbarlik qilib kelgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Aleksey Maksimov Humo to‘lov tizimi rahbari etib tayinlangani haqida xabar bergandi. Ma’lum qilinishicha, u kompaniyani 2028-yil martigacha boshqaradi.

Shuningdek