Toshkent – Sariosiyo aviaqatnovlari yo‘lga qo‘yilmoqda
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        30-may sanasidan boshlab
                    
                            
2025-yil 30-maydan boshlab Silk Avia aviakompaniyasi Toshkent – Sariosiyo – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, parvozlar haftasiga ikki marta – chorshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.
Chipta xaridi va jadval bilan tanishish uchun silk-avia.com, Silk Avia ilovasi, xalqaro aeroportlar yoki Uzbekistan Airways savdo nuqtalariga murojaat qilish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Air Samarkand aviakompaniyasi Samarqanddan Tel-Avivga parvozlarni boshlanishi haqida yozgan edik.