Tramp va Erdog‘an telefon orqali dunyodagi beqarorliklar yuzasidan fikr almashdi
eʼlon qilindi
Tomonlar munosabatlarni tiklashga intilmoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an telefon orqali muloqot qilib, uni «juda samarali» deb atashdi. Suhbatda Rossiya – Ukraina urushi, G‘azo mojarosi, Suriya va Eron masalalari muhokama qilindi, deya yozmoqda Reuters.
Tramp Erdog‘anni AQShga, Erdog‘an esa Trampni Turkiyaga taklif qilganini ma’lum qildi. Erdog‘an G‘azoga yordam yetkazish va Suriyada tinchlik o‘rnatishga tayyorligini bildirgan. Tramp esa Erdog‘an bilan Ukraina urushini tugatish yo‘lida hamkorlik qilish istagini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp 8-mayni G‘alaba kuni deb e’lon qilgan edi.