Voyaga yetmaganlar uchun bank kartasini ochishga yangi talablar joriy etiladi

eʼlon qilindi
Ota-onalar shubhali operatsiyalardan xabardor qilinadi
Bank kartalari
Voyaga yetmaganlar uchun bank kartasini ochishga yangi talablar joriy etiladi / Foto: Kursiv Uzbekistan

Endilikda voyaga yetmaganlar tomonidan bank kartalari va hisob raqamlarini ochishni tartibga soluvchi maxsus talablar ishlab chiqiladi. Bu haqda qonun qabul qilindi.

Unga ko‘ra, banklar endilikda ota-onalarni ularning voyaga yetmagan farzandlari bilan bog‘liq shubhali (frod) operatsiyalar haqida o‘z vaqtida xabardor qilish amaliyotini joriy etadi.

Shuningdek, banklar va to‘lov tashkilotlari o‘z mobil ilovalariga antivirus himoya tizimlarini o‘rnatib, foydalanuvchi qurilmasida zararli dasturlar aniqlansa, darhol ogohlantirish beradi.

Shu bilan birga, Ichki ishlar organlari so‘roviga binoan shubhali pul o‘tkazmalariga aloqador bank kartalari tezkorlik bilan bloklanadi. Kiberjinoyatlar yuzasidan tergovga qadar va tergov jarayonlarida «Kiberxavfsizlik markazi» DUK tomonidan maxsus xulosa taqdim etiladi.

Yangi tashkil etiladigan Kiberjinoyatlarga qarshi kurash va raqamli tergovga ko‘maklashish markazi esa bu boradagi ilmiy va amaliy faoliyatni muvofiqlashtiradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Markaziy bank bank o‘tkazmalari ustidan nazoratni kuchaytirishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.

Shuningdek