Ilon Mask Texasda Starbase shahrini quradi

eʼlon qilindi
212 kishi «ha» deb ovoz bergan
Foto: Getty Images

Ilon Mask Texas shtatidagi Starbase shahrini tashkil etish bo‘yicha ovoz berishda g‘alaba qozondi. Bu haqda Bloomberg nashri xabar berdi.

Unga ko‘ra, SpaceX shtab-kvartirasi joylashgan hududda o‘tkazilgan ovoz berishda 212 kishi «ha», 6 kishi esa «yo‘q» deb ovoz bergan. Bu natija bilan Ilon Mask yetakchiligidagi tashabbus muvaffaqiyatli amalga oshdi.

Starbase boshqaruvi shahar komissiyasi tomonidan olib boriladi. Komissiya tarkibiga SpaceX’ning hozirgi xodimlari kiritilgan. Ular qurilish, hududni rejalashtirish va kundalik hayot bilan bog‘liq masalalarda qaror qabul qiladi.

So‘nggi yetti yilda SpaceX tomonidan Boca Chica hududi to‘liq o‘zgartirildi. Uzoq yillar tinch nafaqaxo‘rlar shaharchasi bo‘lgan bu joy bugun ultrazamonaviy raketa ishlab chiqarish markaziga aylangan. Aynan shu joyda Ilon Mask o‘zining Marsda insoniy hayot boshlash orzusini ro‘yobga chiqaradigan Starship raketasini ishlab chiqmoqda.

Hozirda hududda 260 nafar SpaceX xodimi istiqomat qiladi, ularning oilalari bilan birga aholi soni 500 nafarga yetadi. Shunga qaramay uy-joy qurilishi bo‘yicha yangilanishlar cheklangan, okrug so‘nggi townhouse qurilish rejasini rad etgan. 3 mingdan ortiq ishchilar esa yaqin atrofdagi Braunsvill va boshqa hududlardan qatnaydi.

Foto: GABRIEL KARDENAS/Getty Images

Yangi shaharda zamonaviy ishlab chiqarish majmualari, bir xil uslubdagi tartibli uylar va Maskning yirik bronza byusti mavjud.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Mask AQShning o‘zbek paxtasiga sarflagan mablag‘idan hayratda qolgani haqida yozgandi.

Shuningdek