Galaxy Note 20 va Note 20 Ultra uchun navbatdagi xavfsizlik yangilanishi chiqarildi

6-may 2025 14:11 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Galaxy Note 20 va Note 20 Ultra
Galaxy Note 20 va Note 20 Ultra uchun navbatdagi xavfsizlik yangilanishi chiqarildi / Foto: Sammobile

Samsung kompaniyasi Galaxy Note 20 va Galaxy Note 20 Ultra smartfonlariga navbatdagi xavfsizlik yangilanishini taqdim etdi. Bu haqda Sammobile nashri ma’lum qildi.

Ushbu yangilanish 2025-yil aprel oyi uchun mo‘ljallangan xavfsizlik yamog‘ini o‘z ichiga oladi. Mazkur yangilanish birinchi bo‘lib Yevropa va Hindiston mintaqalarida tarqatila boshlandi. Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, barcha foydalanuvchilar yangilanishni olishlari uchun bir necha hafta vaqt talab qilinishi mumkin. Qurilmangizda ushbu yangilanish HYD1 yoki HYD3 qurilish raqami bilan belgilangan bo‘lishi mumkin.

Galaxy Note 20 va Note 20 Ultra smartfonlari ishlab chiqarilganidan to‘rt yil o‘tgan bo‘lishiga qaramay qo‘llab-quvvatlash davom etmoqda. Shunga qaramay, Samsung’ning rasmiy jadvaliga ko‘ra, ushbu qurilmalar 2025-yil avgust oyida qo‘llab-quvvatlash davrining oxiriga yetadi va yana bir yangilanish bo‘lishi mumkin.

Mutaxassislar eng so‘nggi dasturiy ta’minot va yangilanishlarni olishda davom etishni istagan foydalanuvchilarga yangiroq modelga o‘tishni tavsiya etmoqda. Jumladan, Galaxy S25 Ultra ushbu seriyaning munosib davomchisi sifatida ko‘rilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samsung Galaxy Z Flip va Fold 7 smartfonida qanday o‘zgarishlar bo‘lishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek