Beepul fintech xizmati keskin o‘sishni qayd etdi va funksiyalarini kengaytirmoqda

eʼlon qilindi
Beepul fintech xizmati keskin o‘sishni qayd etdi va funksiyalarini kengaytirmoqda / Rasm: Beeline Uzbekistan

Beepul fintech xizmati (AO «Beelab») 2025-yilning birinchi choragini daromad o‘sish sur’atlari bo‘yicha rekord bilan yakunladi. Yilning dastlabki uch oyida daromad o‘tgan yilning shu davriga nisbatan uch baravardan ortiqroq oshdi. Shu bilan birga, faol foydalanuvchilar soni ham barqaror oshishda davom etmoqda — bu esa mahsulotdagi yangilanishlar va auditoriyani kengaytirishga qaratilgan strategik tashabbuslar fonida xizmatga bo‘lgan yuqori talabni aks ettiradi.

O‘sish drayverlari orasida yangi foydalanuvchilarni jalb qilishning faol siyosati mavjud bo‘lib, ular Welcome Bonus aksiyasi bo‘yicha oyiga 20 million so‘mgacha komissiyasiz bank kartalaridan pul o‘tkazmalarini amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, Beeline Uzbekistan’ning ayrim tarif rejalaridagi amaldagi mijozlari esa 50 million so‘mgacha, 2025-yil 1-maydan boshlab esa 100 million so‘mgacha pul o‘tkazishlari mumkin.

Yangi imkoniyatlar qatorida Uzcard va Humo to‘lov tizimlari uchun virtual kartalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ilovada atigi 30 soniyada rasmiylashtirish va bir necha bosqichda OSAGO sug‘urtasini xarid qilish imkoniyati mavjud. Shuningdek, xizmatdan foydalanishning oflayn-senariylari ham kengaymoqda: ilova Beepul’ning o‘z QR-kodlari tarmog‘i, TezQR texnologiyasi hamda Rahmat tarmog‘i orqali QR-to‘lovlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

«Bizning ustuvor vazifamiz — kundalik moliyaviy operatsiyalarni sodda, qulay va foydali qilish, shu bilan birga foydalanuvchilarning moliyaviy savodxonligi va xavfsizligini mustahkamlashdir. Daromad va mijozlar bazasining o‘sishi biz to‘g‘ri yo‘nalishda harakat qilayotganimizni tasdiqlaydi», — dedi AO «Beelab» direktori Anatoliy Pavlinov.

Alohida yo‘nalish sifatida ishga tushirilgan Beepul Agent platformasi hozirda O‘zbekistonning 12 ta hududini qamrab olgan bo‘lib, 1500 dan ortiq agentni birlashtirmoqda. Platforma aholi uchun qulay bo‘lgan oflayn nuqtalarda mobil aloqa, internet, kommunal va davlat xizmatlari uchun naqd to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatini taqdim etadi — bu esa nafaqat aholiga qulaylik yaratish, balki ish o‘rinlari yaratish uchun ham mo‘ljallangan. Platforma barqaror ishlash ko‘rsatkichiga ega bo‘lib, uning ekotizimi yanada kengaytirilib boriladi.

Beepul xizmati haqida

Beepul — O‘zbekiston Respublikasida 1000 dan ortiq xizmatlar va servislar uchun to‘lovni amalga oshirishda universal yordamchi. Kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar, mobil aloqa, internet, onlayn xizmatlar va boshqa imkoniyatlar — barchasi bitta ilovada va mobil telefon ekranida bir nechta harakat orqali bajariladi. Beepul O‘zbekistondagi barcha aloqa operatorlari mijozlariga kartalar o‘rtasida tezkor pul o‘tkazmalari, to‘lovlarni boshqarish va noyob sodiqlik dasturini — barcha operatsiyalar uchun BEEP-bonuslarni taqdim etadi. Avtomatik to‘lovlar, bonus dasturlari hamda Beeline Uzbekistanning maxsus takliflaridan foydalaning, Beepul bilan qulay, tez va xavfsiz to‘lang!

Beepul’ni AppStore va GooglePlay’dan yuklab oling.

Telegram: @beepuluzb
Instagram: @beepul.uz
Facebook: @beepul.uz

*Tariflar, xizmatlar va aksiyalar haqida to‘liq ma’lumot kompaniyaning rasmiy veb-saytida mavjud.

Kompaniya haqida

«Unitel» MChJ 2006-yilning 12-sentabridan boshlab «Beeline Uzbekistan» savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Dubay shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi. Top Employer 2024 va 2025 sertifikatlari sohibi.

VEON 6 mamlakatda 160 milliondan ortiq foydalanuvchilarga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarining provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ fond bozorida joylashtirilgan.

Beeline Uzbekistan’da 1.9 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006-yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1.4 milliard AQSH dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Unitel MChJ O‘zbekistonning yirik soliq to‘lovchilaridan biri hisoblanadi. Beeline savdo belgisi ostida faoliyat yuritgan davr mobaynida kompaniya tomonidan qariyb 2 milliard AQSh dollari miqdorida soliq to‘langan.

Sayt: beeline.uz 
Facebook: @beeline.uz 
Instagram: @beeline_uzbekistan 
Telegram: @beelineuzbekistan  
Twitter: @beeline_uz 
LinkedIn: @beeline-uzbekistan 

Reklama huquqlari asosida

Shuningdek