Dollarning rasmiy kursi pastladi

O‘zbekiston valyuta birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, 6-may kuni dollarning o‘rtacha kursi 12 924,92 so‘mni tashkil etib, oldingi kun bilan solishtirganda 13,09 so‘mga pasaydi.
Dollar kursi haftani yuqorilash bilan boshladi: 5-may kuni dollarning o‘rtacha kursi 12 938,01 so‘mni tashkil etib, 2-may bilan solishtirganda 22,94 so‘mga oshgan edi.
Shuningdek, Markaziy bank tomonidan boshqa valyutalar kurslari ham e’lon qilindi. Unga ko‘ra yevro 52,33 soʻmga pastlab, 14 620,67 soʻmga yetdi. Rossiya rubli esa 1,21 soʻmga oshib, 159,94 soʻmga teng boʻldi.
Mamlakatdagi tijorat banklari 5-may kuni bir AQSh dollarini 12 865 – 12 930 soʻmdan sotib olayotgan boʻlsa, 12 980 – 13 000 soʻm oraligʻida sotmoqda.
Kursiv Uzbekistan’ga sharh bergan tahlilchilarning fikricha, yil oxirigacha AQSh dollari 13 700 – 13 800 soʻmga yetishi mumkin.