Prezident Germaniyaning yangi kanslerini tabrikladi

eʼlon qilindi
Lavozimga saylangani munosabati bilan
Prezident Germaniyaning yangi kanslerini tabrikladi / Foto: Kosta Legal

Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federativ Respublikasi Federal kansleri Fridrix Mertsni ushbu lavozimga saylangani munosabati bilan tabriklab, ezgu tilaklarini bildirdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi ma’lum qildi.

Davlat rahbari maktubida Merts rahbarligidagi hukumat Germaniyani yetakchi demokratik va iqtisodiy rivojlangan davlat sifatida yanada mustahkamlashiga ishonch bildirgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Yevropa Ittifoqidagi muhim hamkori – Germaniya bilan uzoq muddatli va ko‘p qirrali aloqalarni chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratishini ta’kidlagan.

«Yashil» iqtisodiyot, investitsiyalar, infratuzilma, texnologiyalar, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ekologiya kabi sohalardagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilishiga ishonaman», – deyiladi prezident maktubida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev va Rossiya prezidenti bilan boʻlajak uchrashuvlar rejasini muhokama qilgan edi.

Shuningdek