Oʻzbekistonda 2026-yilda OTBning 59-yillik yigʻilishi boʻlib oʻtadi

eʼlon qilindi
Samarqand shahrida
Oʻzbekistonda 2026-yilda OTBning 59-yillik yigʻilishi boʻlib oʻtadi/ Foto: OTB

Oʻzbekistonda 2026-yilning 3 – 6-may kunlari Osiyo taraqqiyot banki (OTB)ning 59-yillik yigʻilishi boʻlib oʻtadi. Bu haqda bank rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, yigʻilish tarixiy Samarqand shahrida tashkil etiladi. 2010-yilda Toshkent shahrida OTBning 43-yillik yigʻilishi muvaffaqiyatli oʻtkazilganidan soʻng Oʻzbekiston ikkinchi marta OTBning yillik yigʻilishiga mezbonlik qiladi.

Yigʻilishda OTBga a’zo 69 ta davlatdan boshqaruvchilar, moliya vazirlar, markaziy bank rahbarlari, hukumat vakillari, xususiy sektor va xalqaro tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etadi. Yigʻilish davomida Osiyo va Tinch okeani mintaqasining rivojlanish masalalari muhokama qilinadi.

OTB prezidenti Masato Kanda 2026-yilgi yigʻilishning mintaqadagi hamkorlikni mustahkamlash va koʻplab oʻziga xos masalalarni muhokama qilish uchun ilhomlantiruvchi platforma boʻlishiga ishonch bildirdi.

OTB Oʻzbekistonning rivojlanish boʻyicha yirik hamkorlaridan biri hisoblanadi va soʻnggi besh yil ichida $5,41 mlrd miqdorida mablagʻ ajratgan. Bank, shuningdek, yashil iqtisodiyotga oʻtish, xususiy sektorni rivojlantirish va inson kapitaliga investitsiyalarni oshirishda yaqindan hamkorlik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq xalqaro moliya institutlari O‘zbekistondagi loyihalarga $1,5 milliard ajratgan edi.

Shuningdek