Ilhom Aliyev 9-maydagi paradga bormaslikka qaror qildi

eʼlon qilindi
Ichki tadbirlardagi ishtiroki tufayli
Ilham Aliyev 9-maydagi paradga bormaslikka qaror qildi / Foto: Pressunity

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev 9-may kuni Moskvada bo‘lib o‘tadigan G‘alabaning 80 yilligi tadbirida qatnashmasligini ma’lum qildi. Bu haqda Meduza nashri ma’lum qildi.

Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovning ta’kidlashicha, Aliyev Geydar Aliyevga bag‘ishlangan ichki tadbirlarda ishtiroki sababli Moskvaga kelmaslikni qaror qilgan.

Ma’lumot uchun, Ilhom Aliyev so‘nggi marta 2015-yilda Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan 9-may paradida ishtirok etgan edi. 2024-yil dekabrida Ozarbayjonning Grozniyga yo‘nalgan samolyoti Qozog‘istonda halokatga uchraganidan so‘ng Rossiya va Ozarbayjon o‘rtasidagi munosabatlar sovuq bo‘lib qolgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moskvada 10-maygacha internetga cheklovlar kiritilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek