Forish tumanidagi kichik quvvatli atom stansiyasining joylashuv sxemasi tasdiqlandi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
«Atomstroyeksport» AJ bilan tuzilgan shartnoma asosida
Forish tumanidagi kichik quvvatli atom stansiyasining joylashuv sxemasi tasdiqlandi / Foto: «Uzatom» agentligi

Prezident maslahatchisi Alisher Sultаnov raisligida kichik quvvatli atom elektr stansiyasi loyihasining asosiy jihatlari muhokama etildi. Bu haqda «Uzatom» agentligi ma’lum qildi.

Loyihaning joriy holatini aks ettirgan taqdimotda «Atomstroyeksport» AJ bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshirilayotgan ishlar, loyihalash bosqichlari va xalqaro hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi. Ishtirokchilar shartnoma majburiyatlari muddatida bajarilishini ta’kidlab, qurilish-montaj bazasini tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.

Shuningdek, yer bo‘limlari va tashqi infratuzilmani ta’minlash bo‘yicha mahalliy hokimiyat organlari va pudrat tashkilotlari bilan hamkorlikni talab qilinishi ta’kidlandi.

Foto: «Uzatom» agentligi

Ilmiy-texnik kengash tanlangan maydonda o‘tkazilgan muhandislik tadqiqotlari natijalarini ko‘rib chiqdi. Jizzax viloyatining Forish tumanida kichik quvvatli atom stansiyasini joylashtirish sxemasi tasdiqlandi, bu loyihani mintaqaviy ehtiyojlarga moslashtirishga yordam beradi. Boshqa muhim masala sifatida O‘zbekistonning tabiiy uran resurslaridan yadro yoqilg‘isi ishlab chiqarishda foydalanish imkoniyati muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda AES qurilishi bo‘yicha Xitoyda uch tomonlama muzokaralarni amalga oshirgan edi.

Shuningdek