Suv toshqinidan yuzga yaqin xonadonlar zarar ko‘rdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumot berdi
Suv toshqinidan 100 ga yaqin xonadon zarar ko‘rdi / Foto: FVV

Andijon viloyatining Buloqboshi tumani «Sarvontepa» MFY hududidan oqib o‘tuvchi Janubiy Farg‘ona kanalida qirg‘oqning bir qismiga shikast yetib, natijada suv sizib chiqishi holati yuz berdi.

Vaziyat aniqlanishi bilan viloyat Norin-Qoradaryo irrigatsiya tizimlari boshqarmasi tomonidan suv oqimi butunlay to‘xtatildi. Shuningdek, Favqulodda vaziyatlar vazirligi viloyat boshqarmasi rahbariyati va zarur kuch vositalari jalb etilib, hodisa joyida ishlar boshlab yuborildi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida yuzga yaqin xonadonlar zarar ko‘rgan bo‘lib, ulardan 30 tasi ichki qismlariga, 70 tasi esa tomorqasiga suv kirgan.

«Hozirda suv oqimini kamaytirish va zarar ko‘rgan hududlardan suvni chiqarib tashlash ishlari olib borilmoqda. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan, qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi», – deyiladi vazirlik xabarida.

Avvalroq Kurisv Uzbekistan «O‘zgidromet» shoshilinch ogohlantirish bilan chiqqani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek