BMW va Volkswagen natsistlarni qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun javobgarlikni tan oldi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
BMW
BMW va Volkswagen natsistlarni qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun javobgarlikni tan olishadi / Fotо: Unsplash

BMW, Volkswagen va boshqa nemis kompaniyalari 1930-yillarda Germaniyada milliy sotsialistlarning hokimiyat tepasiga kelishi uchun mas’uliyatni tan oldi. Bu haqda Frankfurter Allgemeine Zeitung gazetasi yozmoqda.

Bosch, Adidas va Mercedes-Benz ham natsistlarni qo‘llab-quvvatlaganini tan oldi. Hammasi bo‘lib, qo‘shma bayonotni Germaniyaning 49 kompaniyasi vakillari imzoladi.

«Germaniya kompaniyalari milliy sotsialistlar qudratini mustahkamlashga hissa qo‘shdi. O‘z foydasi haqida qayg‘urgan holda, ko‘plab kompaniyalar va ularning o‘sha paytdagi rahbarlari bu ishga aralashdilar», – deyiladi bayonotda.

Nemis kompaniyalari ham nafrat, kamsitish va antisemitizmga qarshi qat’iy pozitsiyasini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, Moskvada 10-maygacha mobil internet xizmatlarida cheklovlar bo‘lishi mumkinligi haqida yozgan edi.

Shuningdek