Putin Mirziyoyevni Gʻalabaning 80 yilligi bilan tabrikladi
eʼlon qilindi
Qozog‘iston va Tojikiston prezidentlariga ham tabrik yo‘llangan

Rossiya prezidenti Vladimir Putin oʻzbekistonlik hamkasbi Shavkat Mirziyoyevni Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaning 80 yilligi bilan tabrikladi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar qildi.
Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Belarus rahbarlariga tabriklar yo‘llangan.
Putin, shuningdek, Ozarbayjon, Armaniston rahbarlari hamda Gruziya va Moldova xalqini G‘alabaning 80 yilligi bilan tabrikladi.
Eslatib o‘tamiz, bu yil o‘zbekistonlik harbiylar Moskvadagi paradda ishtirok etadi. Oʻzbekiston rahbari Rossiya Federatsiyasi poytaxtida boʻlib oʻtadigan bayram tadbirlarida qatnashadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvada uchrashuv o‘tkazishi haqida yozgan edi.