Uzbekistan Airways va Asiana Airlines kod-shering shartnomasini imzoladi

Uzbekistan Airways Asiana Airlines bilan kod-shering shartnomasini imzoladi. Bu hamkorlik Toshkent – Seul yo‘nalishidagi parvozlarni yanada qulay va moslashuvchan qiladi, deya xabar bermoqda UzAirways.
Endilikda yo‘lovchilar ko‘proq reyslar, yagona chipta va qulay tutashuvlarga ega bo‘lishadi.
Hamkorlik 2025-yil 20-maydan kuchga kiradi va xalqaro aviaqatnovlarga bo‘lgan talabni hisobga olib, yo‘lovchilarga kengroq imkoniyatlar yaratadi.
Kod-shering ikki aviakompaniya o‘rtasidagi kelishuv bo‘lib, bitta parvozni har ikkala kompaniya orqali bron qilish imkonini beradi. Bu sizga ko‘proq tanlov, bagajni manzilgacha yetkazish va soddalashtirilgan marshrutlar deganidir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreyaning arzon aviakompaniyasi Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘ygan edi.