Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Moskvada

eʼlon qilindi
G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etish uchun
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Moskvada / Foto: President.uz

8-may kuni Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Moskva shahriga keldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: President.uz

Davlat rahbarini rasmiy qarorgohda Rossiya prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Maksim Oreshkin va bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Denis Manturov kutib oldi.

Foto: President.uz

Tashrif doirasida prezident Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi hamda Rossiya tomoni bilan muhim ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

Foto: President.uz

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrik yo‘llagan edi.

Shuningdek