O‘zbekistondagi birinchi paraplan festivali qanday o‘tdi – fotoreportaj

11-may 2025 21:24 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir
Paraplanchilardan biri uchishga tayyor / Foto: Kursiv Uzbekistan

10 – 11-may kunlari Samarqand viloyatining Urgut tumanida ilk bor «Xalqaro Paraplan Festivali» bo‘lib o‘tdi. Tadbir tafsilotlari bilan Kursiv Uzbekistan fotoreportaji orqali tanishing.

Paraplan
Festivalning ochilish marosimi / Foto: Kursiv Uzbekistan
Festival ochilish marosimida milliy kuy-navolar yangradi / Foto: Kursiv Uzbekistan
Urgut tog‘larining bahorgi ko‘rinishi / Foto: Kursiv Uzbekistan
Urgut tog‘larining bahorgi ko‘rinishi / Foto: Kursiv Uzbekistan
Urgut tog‘larining bahorgi ko‘rinishi / Foto: Kursiv Uzbekistan

Festival Urgut tumanining Andak mahallasida, tog‘ bag‘rida tashkil etildi va ko‘plab mehmonlarni qabul qildi. Landshaftning injiqligi, pastdan tepaga chiqishdagi qiyinchiliklarni aytmasa hammasi ajoyib. Biz festival maydonigachaga qariyb 2 kilometr masofani piyoda bosib o‘tdik – barcha transport vositalarining harakati cheklangan edi. Bizga sherik bo‘lgan 52 yoshli Xolida Xurramova piyoda yurish mashaqqatidan shikoyat qildi:

«Bunday tadbir o‘tishi ajoyib, xalqni jipslashishga undaydi. Turizm rivojlanadi. Ammo oddiy tomoshabin uchun tepaga piyoda yurish sal qiyinlik qiladi. Balki kam harakat qilganimizdan tanamiz ancha injiq bo‘lib qolgandir», – deya hazil aralash kulib qo‘shib qo‘ydi u.

20 metr uzunlikdagi shashlik tayyorlash jarayoni / Foto: Kursiv Uzbekistan
20 metrlik kabob tayyorlash jarayoni / Foto: Kursiv Uzbekistan

Festivalning ochilish marosimidan so‘ng paraplanistlar tomonidan havoda shou dasturlari namoyish etildi. Shuningdek, gastronomik ko‘rgazmalar doirasida 20 metr uzunlikdagi kabob tayyorlash jarayoni ham tashkil etildi – bu tomoshabinlar uchun alohida qiziq voqea bo‘ldi.

Samarqand milliy oshi / Foto: Kursiv Uzbekistan
Foto: Kursiv Uzbekistan
Foto: Kursiv Uzbekistan
Foto: Kursiv Uzbekistan
Foto: Kursiv Uzbekistan
Foto: Kursiv Uzbekistan
Foto: Kursiv Uzbekistan
Paraplan festivali qanday o‘tdi / Video: Kursiv Uzbekistan

Ma’lumot o‘rnida, ushbu paraplan festivalida 15 dan ziyod mamlakatlardan yuzdan ortiq uchuvchilar qatnashdi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Paraplan festivalida Samarqand viloyatidagi eng uzun kabob tayyorlanishi haqida yozgan edi.

Shuningdek