12-may kuni O‘zbekistonda havo harorati 40° gacha ko‘tariladi

12-may kuni O‘zbekiston ko‘plab hududlarida havo biroz bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda shamol kuchayishi va chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin, deya yozmoqda «O‘zgidromet».
Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo ochiq, harorat kechasi 18-20°, kunduzi esa 34-36° issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmda esa harorat 39° gacha ko‘tarilishi mumkin, ayrim hududlarda kuchli shamol va chang-to‘zonlar kuzatiladi.
Buxoro, Navoiy, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida ham havo quruq bo‘lib, harorat kunduz kuni 39° gacha yetadi.
Qashqadaryo va Surxondaryoda esa kechasi 23°, kunduz 39° issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘onaning ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Tog‘li hududlarda esa momaqaldiroq va sel xavfi ehtimoli bor.