Tehronda O‘zbekiston savdo markazi ishga tushadi
eʼlon qilindi
Bosh vazir Abdulla Aripov rasmiy tashrif bilan Eron Islom Respublikasiga bordi

O‘zbekiston Tehron shahrida o‘zining savdo markazini ochadi. Bu haqda Eronning IRNA axborot agentligi xabar berdi.
11-may kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov rasmiy tashrif bilan Eron Islom Respublikasiga bordi.
Tashrif doirasida Eron poytaxtida Eron – O‘zbekiston o‘rtasidagi hukumatlararo komissiyaning 16-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
2025-yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston bilan Eron o‘rtasidagi savdo aylanmasi $101 milliondan oshdi. Eron O‘zbekistonning eng yirik 20 ta savdo hamkorlari qatoriga kiradi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xiva shahrida «Arda Xiva» xalqaro turizm markazi ochilgani haqida yozgandi.