Dollar kursi oshdi

eʼlon qilindi
O‘zbekiston valyuta birjasi ma’lumotlariga ko‘ra
Foto: AndrewLozovyi / depositphotos.com

O‘zbekiston valyuta birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, 12-may kuni dollarning o‘rtacha kursi 12 895,55 so‘mni tashkil qilib, oldingi kun bilan solishtirganda 15,20 so‘mga oshdi.

Dollar kursi o‘tgan haftani pasayish bilan yakunlagandi:  8-may kuni dollarning o‘rtacha kursi 29,80 so‘mga pasayib, 12 880,35 so‘mni tashkil etgandi.

Shuningdek, Markaziy bank tomonidan boshqa valyutalar kurslari ham e’lon qilindi. Unga ko‘ra yevro 196,91 soʻmga pasayib, 14 338,56 soʻmga yetdi. Rossiya rubli esa 2,70 soʻmga tushib, 159,38 soʻmga teng boʻldi.

Mamlakatdagi tijorat banklari 12-may kuni bir AQSh dollarini 12 820 – 12 900 soʻmdan sotib olayotgan boʻlsa, 12 885 – 12 955 soʻm oraligʻida sotmoqda.

Kursiv Uzbekistan’ga sharh bergan tahlilchilarning fikricha, yil oxirigacha AQSh dollari 13 700 – 13 800 soʻmga yetishi mumkin.

Shuningdek