Huawei’ning eng yangi smartfonlari narxlari O‘zbekistonda qancha

12-may 2025 17:05 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Huawei’ning eng yangi smartfonlari narxlari O‘zbekistonda qancha / Foto: Huawei

Huawei kompaniyasi o‘z lineykasi doirasida yangi smartfonlarini taqdim etishda davom etmoqda. Huawei’ning eng yangi smartfonlari qancha turadi? Kursiv Uzbekistan muxbiri ularning narxlari bilan qiziqib ko’rdi.

Foydalanuvchilar tomonidan juda yaxshi kutib olingan Huawei Mate X6 modeli O‘zbekistonda ham sotila boshlandi. Umuman olganda kompaniyaning Mate, Pura va Nova lineykalari mavjud. Siz bu maqoladan ularning hozirdagi narxlarini bilib olishingiz mumkin.

Bu maqolada qaysi modellar haqida bilib olasiz:

Huawei Mate x6

Huawei Mate X6 ilk bor 2024-yil 26-noyabrda Xitoyda taqdim etildi. Global miqyosda esa 2024-yil 12-dekabrda Dubayda bo’lib o’tgan tadbirda e’lon qilindi va 2025-yil 6-yanvarda sotuvga chiqarildi .

Dizayn va ekran

Huawei Mate X6 bukiladigan dizayni bilan ajralib turadi. Qurilmaning asosiy ekrani 7.93 dyuymli OLED bo’lib, 2440 × 2240 pikselli yuqori aniqlikda tasvir beradi. Tashqi ekrani esa 6.45 dyuymli OLED bo’lib, 2440 × 1080 pikselli aniqlikka ega. Har ikkala ekran ham 1–120 Hz LTPO adaptiv yangilanish tezligi va 1440 Hz yuqori chastotali PWM qoraytirish texnologiyasini qo’llab-quvvatlaydi .

Texnik xususiyatlar

  • Protsessor: Kirin 9020
  • Operativ xotira (RAM): 12 GB yoki 16 GB
  • Ichki xotira: 256 GB, 512 GB yoki 1 TB
  • Operatsion tizim: EMUI 15.0 (Xitoy versiyasi HarmonyOS 4.3 bilan)
  • Batareya: 5110 mAh, 66W tezkor simli va 50W simsiz zaryadlashni qo’llab-quvvatlaydi .

Kamera

Huawei Mate X6 uchli kamera tizimi bilan jihozlangan:

  • Asosiy kamera: 50 MP
  • Ultra keng burchakli kamera: 40 MP
  • Telefoto makro kamera: 48 MP, 4x optik zum, 5 sm super makro
  • Selfi kamera: 8 MP

Kamera tizimi Ultra Chroma texnologiyasi bilan to’ldirilgan bo’lib, 1.5 million spektral kanal orqali ranglarni aniq va tabiiy tarzda uzatadi .

Boshqa xususiyatlar

  • Himoya: Kunlun Glass 2-avlod oynasi bilan mustahkamlangan
  • Suvga chidamlilik: IPX8 standarti bo’yicha 2 metr chuqurlikda suvga chidamli
  • Materiallar: Karbon tolali ichki ekran plitasi, aviatsiya darajasidagi alyuminiy ramka
  • Rang variantlari: Nebula Qizil, Qora, Nebula Kulrang .

Video : Huawei

Ushbu smartfonni 19,2 mln so‘m evaziga 12 GB operativ xotira, 512 GB ichki xotirali variantini xarid qila olasiz. Hozircha Olx e’lonlar saytida mavjud.

Pura lineykasi

XususiyatlarHuawei Pura 70Huawei Pura 70 ProHuawei Pura 70 Ultra
Chiqarilgan sana2024-yil 6-may2024-yil 29-aprel2024-yil aprel
Ekran6.6″ LTPO OLED, 1–120 Hz, 2760×1256 piksel6.8″ LTPO OLED, 1–120 Hz, 2844×1260 piksel6.8″ LTPO OLED, 1–120 Hz, 2844×1260 piksel
ProtsessorKirin 9000S1Kirin 9010Kirin 9010
RAM12 GB12 GB yoki 16 GB16 GB
Xotira256 GB / 512 GB / 1 TB256 GB / 512 GB / 1 TB512 GB / 1 TB
Batareya4900 mAh, 66W simli, 50W simsiz zaryadlash5050 mAh, 100W simli, 80W simsiz zaryadlash5200 mAh, 100W simli, 80W simsiz zaryadlash
Asosiy kamera50 MP (asosiy), 13 MP (ultra keng), 12 MP (telefoto)50 MP (asosiy), 12 MP (ultra keng), 48 MP (telefoto)50 MP (1″ sensor, f/1.6–f/4.0), 40 MP (ultra keng), 50 MP (telefoto)
Old kamera13 MP13 MP13 MP
Operatsion tizimEMUI 14.2 / HarmonyOS 4.2EMUI 14.2 / HarmonyOS 4.2EMUI 14.2 / HarmonyOS 4.2
HimoyaKunlun Glass 2, IP68Kunlun Glass 2, IP68Kunlun Glass 2, IP68
Foto: Sora intellekti yordamida tayyorlandi
Video: Huawei

Huawei Pura 70 Ultra smartfonini openshop onlayn do‘konidan 15,3 mln so‘m evaziga 16 GB operativ xotira, 512 GB ichki xotirali variantini xarid qila olasiz. Pura 70 smartfonini onlayn do‘konidan 8 mln so‘m evaziga 12 GB operativ xotira, 256 GB ichki xotirali variantini xarid qila olasiz. Pura 70 pro smartfonini 11,2 mln so‘m evaziga 12 GB operativ xotira, 512 GB ichki xotirali variantini xarid qilishingiz mumkin.

Nova seriyasi

ModelDispleyChipsetKameraBatareyaOperatsion tizimChiqqan sana
Nova 13 Pro6.76″ OLED, 120HzKirin 901050 MP (asosiy) + 8 MP (ultra) + 60 MP (old)4500 mAh, 100W tez zaryadHarmonyOS 42024-yil aprel
Nova 136.7″ OLED, 120HzKirin 9000s50 MP + 8 MP, 60 MP (old kamera)4600 mAh, 88W tez zaryadHarmonyOS 42024-yil aprel
Nova 13i6.8″ LCD, 90HzSnapdragon 680 4G50 MP + 2 MP, 8 MP (old kamera)5000 mAh, 40W tez zaryadEMUI 142024-yil mart
Nova 12s6.7″ OLED, 120HzKirin 83050 MP + 8 MP, 60 MP (old kamera)4500 mAh, 66W tez zaryadHarmonyOS 42024-yil yanvar
Nova Y72s6.75″ LCD, 60HzMediaTek Dimensity 6100+50 MP + 2 MP, 8 MP (old kamera)6000 mAh, 22.5W zaryadEMUI 142024-yil may

Huawei Nova 12s smartfonini openshop onlayn do‘konidan 3,5 mln so‘m evaziga 8 GB operativ xotira, 256 GB ichki xotirali variantini sotib olishingiz mumkin. Uzum marketdan 4 mln so’mga xarid qilish imkoniyati bor. Beemarket’da esa nisbatan qimmatroq, 5 mln so’m evaziga bu smartfon taklif qilinmoqda.

Nova 13i smartfoni openshop onlayn do‘konida 2,4 mln so‘m evaziga 8 GB operativ xotira, 256 GB ichki xotirali variantini sotuvda mavjud. Texnomartda smartfon 2,6 mln so’m evaziga savdoda qo’yilgan.

Huawei Nova Y72s smartfonini Texnomart onlayn do‘konidan 2,2 mln so‘m evaziga 8 GB operativ xotira, 128 GB ichki xotirali variantini xarid qila olasiz. Uzum marketda 2 mln so’mga xarid qilish imkoningiz bor. Openshop onlayn do’konida 1,8 mln so’mga sotuvda mavjud.

Nova 13 smartfoni Openshop onlayn do‘konida 4,8 mln so‘m evaziga 12 GB operativ xotira, 256 GB ichki xotirali variantini sotuvda mavjud. Texnomart do’konidan 5 mln so’mga xarid qilishingiz mumkin. Mediaparkda 4,4 mln so’mga sotib olishingiz mumkin.

Huawei Nova 13 Pro smartfonini Openshop onlayn do‘konidan 6,8 mln so‘m evaziga 12 GB operativ xotira, 512 GB ichki xotirali variantini sotib olishingiz mumkin. Mediaparkda ham xuddi shunday summada taklif mavjud.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xiaomi’ning eng yangi smartfonlari narxlari O‘zbekistonda qancha ekanligi haqida yozgan edi.

Shuningdek