O‘zbekistonlik hojilarning Haj safari boshlandi – foto
eʼlon qilindi
13-maydan

Bugun, 13-may kuni «Haj – 2025» mavsumining ilk ziyoratchilari Toshkent xalqaro aeroportidan Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi. Bu haqda Musulmonlar idorasi xabar berdi.
Dastlabki guruhni kuzatish marosimida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev, taniqli ulamolar, imom-xatiblar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Shu tariqa 2025-yilgi haj mavsumi O‘zbekistonda rasman boshlandi. Navbatdagi guruhlar ham bosqichma-bosqich Saudiya Arabistoniga yuboriladi.



Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Haj – 2025» mavsumi 13-maydan ochilishi haqida xabar bergandi. Ziyoratchilar mamlakatning 9 ta shahridan Madinaga to‘g‘ridan to‘g‘ri parvoz qiladi.