Abduqodir Husanov nomi tushirilgan «Manchester Siti»ning yangi futbolkalari sotuvga chiqdi – video

eʼlon qilindi
Muxlislar klubning rasmiy do‘konlarida yoki onlayn tarzda xarid qilishlari mumkin
Abduqodir Husanov
Abduqodir Husanov nomi tushirilgan yangi «Manchester Siti» futbolkalari sotuvga chiqdi / Foto: Manchester City / instagram

«Manchester Siti» 2025–2026-yilgi mavsum uchun mo‘ljallangan yangi uy libosini rasman taqdim etdi. Bu haqda klub rasmiy instagram sahifasida e’lon qildi.

Yangi libos Puma brendi tomonidan tayyorlangan. E’tiborlisi, yangi mavsum formasining individual futbolchi nomlari bilan chiqarilgan versiyalari orasida Abduqodir Husanov nomi tushirilgan futbolkalar ham mavjud.

Video: Manchester siti instagram sahifasi

Endilikda «Siti» muxlislari ushbu futbolkalarni klubning rasmiy do‘konlarida yoki onlayn tarzda xarid qilishlari mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Abduqodir Husanov va Vitor Reis: qaysi biri ko‘p maosh olishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek