Nega Xalq demokratik partiyasi muxolifatga o‘tdi

eʼlon qilindi
Partiya «Progressiv blok» siyosatini tanqid qildi
Nega Xalq demokratik partiyasi muxolifatga o‘tdi / Foto: XDP

Xalq demokratik partiyasi (XDP) endilikda muxolifat sifatida faoliyat yuritishini ma’lum qildi.

U O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) va «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi tomonidan tuzilgan «Progressiv blok»ni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortdi.

XDP parlament ko‘pchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlangan kursga rozi emasligini tushuntirdi, xususan unda:

  • Iqtisodiyotda davlat ishtirokining zaifligi va muhim davlat kompaniyalarini xususiylashtirish mumkinligi qayd etilgan.
  • Pensiya tizimiga bozor munosabati va davlat javobgarligidan voz kechish tashabbusi bor.
  • Kam ta’minlangan oilalarga gaz, elektr energiyasi va boshqa kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishga yordam beradigan aniq dastur yo‘q.
  • Uy-joyga sarmoya kiritgan odamlarni himoya qilish tizimi yo‘q.
  • Soliqlar daromadga qarab joriy qilinmagani – boylar ko‘proq to‘lamaydi. Hashamat solig‘i mavjud emas.
  • Dori-darmonlar narxlari nazorat qilinmaydi va ularni reklama qilish taqiqlanmagan.

XDPning ta’kidlashicha, muxolifat maqomi partiyaga ko‘proq vakolatlar beradi: u qonun loyihalarini tanqidiy baholashi, o‘z muqobillarini taklif qilishi, hukumat ishini nazorat qilishni kuchaytirishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) deputatlari tadbirkorlik subyektlari xodimlarini ishdan bo‘shatishda qo‘yiladigan ayrim talab va majburiyatlardan ozod qilishni taklif etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek