O‘zbekiston va Xitoy multimodal transport yo‘nalishlarini rivojlantiradi

eʼlon qilindi
Temir yo‘l orqali yuk tashish hajmi ham kengaytiriladi
O‘zbekiston va Xitoy yangi multimodal transport yo‘nalishlarini rivojlantiradi / Foto: «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ

Pekin shahrida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruvi raisi Zafardek Narzullayev va «China State Railway Group Co., Ltd» raisi Go Jiusue ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Uchrashuv davomida temir yo‘l orqali yuk tashish hajmi, «Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temir yo‘lini qurish, transport yo‘laklarini rivojlantirish kabi muhim masalalar muhokama qilindi. Tomonlar mavjud yo‘laklar orqali yuk tashishni kengaytirish hamda yangi multimodal transport yo‘nalishlarini rivojlantirish yuzasidan kelishuvga erishdilar.

Shuningdek, O‘zbekiston ushbu yo‘l qurilishining ayrim texnik bosqichlarida faol ishtirok etishga tayyorligini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘lining muhim obyektlari qurilishi boshlangan edi.

Shuningdek