14-may kuni havo harorati 42° gacha isishi mumkin

eʼlon qilindi
Kechasi esa 25° gacha
14-may kuni ob-havo 42° gacha isishi mumkin / Foto: Pexels.com

Bugun, 14-may kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmayapti. Bu haqda «O‘zgidromet» ma’lum qildi.

Toshkentda havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, harorat kunduzi 36-38°, kechasi 20-22° atrofida bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda ham havo ochiq, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin, harorat kunduzi 37-42°, kechasi 20-25° bo‘lishi kutilmoqda

Buxoro va Navoiyda shuningdek, kunduzi 37-42°, kechasi 18-23° iliq havo bo‘lishi kutilmoqda.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo quyoshli, kunduzi 34-39°, kechasi 17-22° atrofida bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryoda esa jazirama kuchliroq – kunduzi 37-42°, kechasi 20-25° bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo nisbatan salqinroq – kunduzi 32-37°, kechasi 15-20° gacha ko‘tariladi.

Tog‘li hududlarda ham havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Shuningdek